Windows operatsion sistemasi qaysi korporatsiya tomonidan yaratilgan
1. Windows haqida umumiy tushunchalar Windowsning imkoniyatlari. Windows ning ishlash shartlari
REJA:
1. Windows haqida umumiy tushunchalar
3. Windows ning ishlash shartlari
4. Windows ni chaqirish
5. Windows ish stoli elementlari.
6. Windows menylari, Asosiy meny (Start menu)
7. Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
9. Fayllar bilan ishlash
10. Katalog (papka) lar bilan ishlash
11. Programmalarni avtomatik ishga tushirish
12. Video va audio fayllari bilan ishlash.
Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Windowsning ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog`liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi — Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta’minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta’minlaydi
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma’lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash Windowsning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.
Windowsda 32 razradli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi.
Windows ning ishlash shartlari
Windows ikki xil ishlash rejimiga ega:
– 386 ga kengaytirilgan.
Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog`lik. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386 ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 8 Mbayt operativ xotira zarur.
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
— Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
— 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
— 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (Windowsning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
— Monitor (yaxshisi SVGA);
Amallarning ko`pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o`zi uchun tez va oson bo`lgan usulni tanlab oladi.Windowsda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o`ng tugmalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugma hisoblanadi. Odatda, bu chap tugma bo`ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o`ng tugmani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelida Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugma sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Kontekst meny chaqiriladi. Ushbu meny ajratilgan element uchun o`sha onda kerak bo`ladigan amallarni bajarishi mumkin.
So`nggi paytlarda uchta: chap, o`rta va o`ng tugmali sichqonchalar keng tarqalmoqda. o`rta tugma mavjud oynani tepa yoki pastga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, ayni paytda uning ko`p amallari klavishalar yordamida ham ishlay oladi.
Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma’lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Moy kompyuter (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya’ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.
Moy Kompyuterdagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalenniy dostup k seti).
Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.
Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
Korzina (Savat). Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya’ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta’minlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Portfeldan foydalanishingiz mumkin.
Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning xabarlar tizimidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta’minlashi mumkin.
Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
– tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
– Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin);
– ba’zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.
Masalalar paneli
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni ta’minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish
Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin:
1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish;
2) Ctrl Esc tugmalar kombinatsiyasini, ya’ni avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish;
3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish.
Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin;
• tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.
Windows menylari
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi meny bilan ishlashi mumkin:
– OS ning asosiy menysi;
– dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi menysi.
Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda ochiluvchi menydir.
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar meny bandi davomida uch nuqta (. ) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism meny ochiladi;
– agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar meny bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar meny bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
Asosiy meny (Start menu)
Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy menysi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Asosiy menyning yuqori qismidagi bo`limidan (rasmdagi Otkrit dokument Microsoft Office, Sozdat dokument Microsoft Office, Yarlik dlya Hypertrm) tashqari barcha bandlari standartdir.
Bu menyning ko`rinishi quyidagicha:
Programmi [Programs – Dasturlar];
Dokumenti [Documents – hujjatlar];
Nastroyka [Settings – Sozlash];
Spravka [Help – Ma’lumot];
Menyning Programmi [Programs – Dasturlar] bandi yordamida tizimda o`rnatilgan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyga kiriladi. Birorta programmani ishga tushirish uchun sichqon ko`rsatkichini Programmi punktiga o`rnatiladi. Ochilgan qism menydan dastur nomi tanlanib, sichqon tugmasini 2 marta bosiladi.
Bu menyga xususan quyidagi qism menylar kirgan:
Avtozagruzka[Start UP – Avtoyuklash];
Standarti punktiga yangi dasturlarni ham qo`shish mumkin. Standart dasturlar qatoriga Windowsni yuklashda tanlab olingan amaliy dasturlar kiradi. Agar Windowsni o`rnatish jarayonida kommunikatsion dasturlar kiritilgan bo`lsa, u holda dasturlar menysida Microsoft Exchange komandasi bo`lishi kerak.
Dokumenti [Documents – Hujjatlar] punkti Windowsda tahrirlanayotgan hujjatlar ro`yxatini (oxirgi 15 ta) ko`rsatuvchi menyni yuklab beradi. Windows dastlab o`rnatilgan bo`lsa, bu bandda faqat «Prochti menya» (Meni o`qi-Read me) punkti bo`ladi xolos.
Nastroyka [Settings – Sozlash] punkti tizimdagi hamma komponentlar ro`yxatini va kerak bo`lganda ularni qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menysida quyidagi bandlar bor (7.5-rasm):
– Panel upravleniya (Boshqarish paneli) papkasi;
Panel zadach (Masalalar paneli).
Poisk [Find-Qidirish] punkti papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma’lumotlarini qidirish imkonini beradi.
Spravka [Help-Ma’lumot]— ma’lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma’lumot tizimining bayonidan (Soderjaniye) yoki mavzular (Predmet) ko`rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo`yicha to`liq axborot beradi. Ma’lumot ixtiyoriy dastur.
Vipolnit[Run-Bajarmoq] buyrug`i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyrug`larining bajarilishini ta’minlaydi. Bu buyrug`ning muloqot oynasida Obzor. tugmasi bor bo`lib, uning yordamida dasturlar tanlanib, buyrug`lar qatorida dasturning to`liq nomi hosil qilinadi. Buyrug`ni ishga tushurish uchun OK tugmasi, bekor qilish uchun esa Otmena tugmalari bosiladi.
Windowsdan chiqish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
– Masalalar panelining chap burchagiga joylashgan Pusk tugmasi bosiladi.
Ushbu muloqot oynasida Viklyuchit kompyuter (Kompyuterni o`chirish) catrini belgilaymiz. Da (Ha) tugmasida sichqonchani bitta bosib, va teper mojno viklyuchit kompyuter — endi kompyuterni o`chirish mumkin so`zlari chiqqandan keyingina kompyuterni o`chirish mumkin. Aks holda Windowsdan noto`g`ri chiqilgan bo`ladi va natijada turli noxushliklar paydo bo`lishi mumkin.
Kontekst meny
Kontekst meny oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu meny bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog`liq holda o`zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so`zni ajratib, sichqonchaning o`ng tugmasiga bosilsa, nusxa olish, ko`chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o`sha so`zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyrug`larini) tanlash mumkin bo`lgan meny paydo bo`ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o`ng tugmasini bosgach, siz o`sha onda ajratilgan element bilan bo`ladigan ehtimoli ko`proq operatsiyalar nomlarini o`z ichiga olgan menyga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an’anaviy tizimli menysidan foydalanishga qaraganda, kontekst meny yordami bilan buyrug`larni bajarish qulayroqdir.
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Printer [Printers — Printerlar]- tizimga ulangan har bir printerni sozlash imkonini beruvchi tizim papkasining oynasi ochiladi;
Data/vremya [Date/Time – Sana/vaqt]- bu piktogramma tizim vaqti va sanasini o`zgartirish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Zvuk [Sounds – Tovush]-Windows muhitida ishlash vaqtidagi ro`y beradigan hodisalarga tovush berish sxemasini tanlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochadi;
Klaviatura Windows operatsion sistemasi qaysi korporatsiya tomonidan yaratilganni sozlash uchun muloqot oynasi ochiladi;
Multimedia [Multimedia – Multimedia]ning texnik va dasturli vositalarini sozlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Poisk faylov [Find Fast-Fayllarni izlash]-ekranda ochilgan muloqot oynasida Microsoft Offise dasturlarining ixtiyoriy hujjatlarini tez izlab topish uchun indekslar yaratiladi;
Kompyuter operatsion sistemalari
1. Operatsion sistema tushunchasi.
2. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar.
3. Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari.
4. WINDOWS operatsion sistemasi.
5. Fayllar va kataloglar
1. Operatsion sistema tushunchasi.
«Operatsion sistema» tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki «sistema» so’zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo’llaniladi va turlicha talqin qilinadi; «operatsion» so’zi esa to’g’ridan-to’g’ri tarjimada «amal» degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so’z bilan aniq tavsiflab bo’lmaydi.
Xo’sh, unda «Operatsion sistema»ni qanday tushunish kerak?
Avval uning foydalanuvchisi to’g’risida fikrlashaylik.
«Operatsion sistemaning foydalanuvchisi» tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo’lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo’lgan shaxs.
Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.
^ Operatsion sistemani disk operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.
EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog’ini yoqmoqchi bo’lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog’idan suv olmoqchi bo’lsangiz, jo’mrakni burashingiz etarli. Keng ko’lamdagi xizmat ko’rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko’pdan-ko’p ishlarni bajarish lozim bo’lar edi. Masalan, katta orolda yolg’iz qolgan kishi suv olishi uchun o’zi quduq qazishi; o’tin yoki qurilish uchun lozim bo’lgan yog’och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo’nishi; oziq-ovqat uchun o’zi bug’doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo’ladi.
EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko’rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko’p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo’l kelmoqda.
Xo’sh, mazkur «yordamchi» dasturlar majmui bo’lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo’lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang’ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko’rsatishi talab qilinadi.
Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo’llamoqchi bo’lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog’liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo’lar edi. Demak, «yordamchi» dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
Dasturli ta`minot o’z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli («vositaviy») asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:
1. Ishonchlilik. Sistema o’zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma`lumotlarini o’zgalar xatolari ta`siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o’zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o’zi ancha ix-cham bo’lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.
2. ^ Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar.
Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo’libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amalda bajarishga, balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun yaratiladi va qo’llaniladi.
^ Buyruq protsessori. Buyruq protsessori (COMMAND.COM) sistemali diskning ixti-yoriy joyida joylashishi mumkin. Buyruq protsessorining asosiy vazifasi foydalanuvchilarning DOSga yuborilgan buyruq yoki ko’rsatmalarini qabul qilish, tahlil qilish va, lozim bo’lganda, bajarish hamda foydalanuvchi dasturlarining buyruqlarini qayta ishlashdan iborat.
3. ^ Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari.
Foydalanuvchi va EHM o’rtasidagi muloqat foydalanuvchi tomonidan DOSga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida tashkil etiladi. Bu buyruqlar DOS tushunadigan til va shaklda bo’lishi kerak. Har bir buyruq o’z nomiga ega. Buyruqlar nomlaridan tashqari turli o’lchamlar hamda kalitlarga ega bo’lishi mumkin. Buyruq nomini klaviatura yordamida ekranga yozib, tugmasini bosish bilan buyruqni kompyuter tomonidan bajarilishiga uzatish ishi tugallanadi.
DOS buyruqlari disklarni ishga tayyorlash, magnit disklaridagi axborotlarni ko’chirish, o’chirish, displeyning ishlash holatini o’zgartirish, matnlarni displeyga yoki chop etish quril-masiga chiqarish kabi vazifalarni bajaradi.
Ular ichki va tashqi buyruqlarga bo’linadi. COMMAND.COM dasturida mujassamlashgan buyruqlar ichki buyruqlar deb atalsa, DOS tashqi buyruqlari operatsion sistema bilan bir-galikda tavsiya etiladigan alohida-alohida dasturlardan iborat.
4. ^ WINDOWS operatsion sistemasi
Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanu-vchining turli talablari asosida xotirada kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta`minlay oladigan sistemalarning yaratilishiga olib keldi. Natijada 1990 yilda WINDOWS 3.0 dasturlar tizimi yaratildi. Uning asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 to’la jadval rejimda ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqatini engillashtirdi. Lekin u MS-DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muxit sifatida tan olindi.
1995 yilning sentyabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS-95 birinchi grafik operatsion sistema bo’ldi.
» ^ WINDOW» inglizcha so’z bo’lib, o’zbekchada «oyna «, «lavha» deb, WINDOWS so’zi esa «oynalar«, «lavhalar» deb tarjima qilinadi. Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni gohida integrallashgan sistema, deb ham ataydilar. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarni rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarni keng omma tomonidan qo’llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o’zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda yaratildi. 1998-yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o’z-o’zini «tuzatish» va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo’yilayotgan talabning ortib borishi 1999 yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion sistemasining yaratilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yanada to’laroq foydalanish imkonini berdi.
Foydalanuvchining ixtiyoriga ko’ra WINDOWS sistemasi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Xozirda WINDOWS sistemasi tarkibida ishlashga mo’ljallangan juda ko’p maxsus dasturlar majmuasi yaratilgan va yaratilmoqda. Masalan Microsoft Office dasturlar tizimi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalananadigan hujjatlarni tayyorlash, turli xisob-kitob ishlarini va boshqa o’nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o’z ichiga oladi. WINDOWS sistemasining afzalliklaridan yana biri shundaki, u bir muxitda ishlaydigan dasturlar o’rtasida ma`lumot almashinishi va uning sifatli bo’lishini ta`minlaydi.
^ 5. Fayllar va kataloglar
Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo’yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, «Iskra» kompyuterlarida), Mikrodos («Korvet») kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo’llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo’lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin.
Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug’diradi. Ko’pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o’zlari qo’shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan:
bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko’rinishida bo’lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo’lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.
Kataloglar aslida maxsus ko’rinishdagi fayllar bo’lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o’z nomiga ega bo’lib, u boshqa bir katalog ro’yxatida bo’lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo’yiladigan talablar fayl nomiga qo’yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda katalog nomiga kengaytma qo’llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro’yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Operatsion sistemaga batafsil ta`rif berish mumkinmi? Javobingizni asoslang.
2. «Operatsion sistema» deganda nimani tushunasiz?
3. Dasturlash sistemasi, texnik ta`minot va operatsion sistema o’rtasidagi bog’lanishni tushuntirib bering.
4. Operatsion sistemaning xususiyatlarini so’zlab bering.
5. Windows operatsion sistemasi MS DOS dan qanday farqlanadi?
6. Fayl nima? Uning nomi qanday ifodalanadi?
7. Fayl kengaytmasi nimani ifodalaydi va uning qanday turlari mavjud?
8. Katalog nima?